Bunda yaponiyalik Naoya Inoue hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevni 12 raund davom etgan bellashuvda ochkolar hisobiga magʻlub etdi.
Shu tariqa, Naoya Inoue mutlaq jahon chempioni maqomini saqlab qoldi va barcha chempionlik kamarlarini himoya qildi.
Qayd etish kerakki, Inoue 6-yil deganda ilk bor Murodjon bilan toʻliq 12 raundli jang oʻtkazishga majbur boʻldi. Bungacha u muddatidan oldin gʻalaba qozonib kelgan.








