Ushbu jangda metin himoya va kuchli zarbaga ega boʻlgan oʻzbek oʻgʻloni raqibidan har tomonlama ustun ekanini koʻrsatdi.
Natijada 10 raund etib belgilangan jangning 8-raundida ketma-ket aniq va tezkor zarbalar yoʻllagan Murodjonga raqibi qarshilik koʻrsata olmadi. Ushbu vaziyatni koʻrib turgan hakam bahsni toʻxtatdi va Luis Kastilyoni texnik nokautga uchraganini qayd etdi.
Shu tariqa, Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi janglari soni 15 taga yetdi va ulardagi gʻalabalar soni esa 14 tani tashkil qilmoqda.
Endi Murodjon Ahmadaliyev shu yilning 14-sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida ikkinchi eng yengil vaznda mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue bilan jang oʻtkazadi.









