Unga koʻra, Ahmadaliyev navbatdagi jangini yaponiyalik Tomoki Kameda (40-3, 22 KO)ga qarshi oʻtkazadi. Hozircha jang sanasi aniq emas. Tomonlar 30 kun ichida jang boʻyicha kelishuvga erishishlari lozim.
Agar kelishuv amalga oshmasa, promouterlik savdosi tashkil etiladi. Bu vaziyatda gonorar 50ga 50 teng holatda taqsimlanadi. Ushbu jang gʻolibi WBA chempioni Marlon Tapales (37-3, 19KO)ning kamari uchun rasmiy daʼvogarga aylanadi.
Eslatib oʻtamiz, Murodjon Ahmadaliyev oʻziga tegishli kamarni aynan filippinlik Marlon Tapales bilan jangda boy berib qoʻygandi. WBA rasman hakamlarning qarorini bahsli deb topdi va revansh adolatli boʻlishi maʼlum qildi.









