Masalaga aniqlik kiritish maqsadida Аgentlik tomonidan “Hududgaz taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatiga soʼrovnoma yuborildi.
Soʼrovnomaga asosan murojaatda koʼrsatib oʼtilgan masalalar “Pasdargʼomtumangaz” gaz taʼminoti boʼlimi masʼul xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʼrganildi hamda murojaatchiga tegishli tabiiy gaz taʼminotidagi qarzdorlik maxsus dasturda tahrirlanib, uning hisob raqamida debitor qarzdorlik yoʼqligi aniqlandi.
Natijada asossiz qarzdorlik bartaraf etilib, fuqaro murojaati ijobiy hal qilindi.