Murojatlar o'z echimini topmoqda

    O'zbekiston iste'molchilar xuquqlarini himoya qilish federatsiyasiga Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi fuqaro A.Zagitova tomonidan murojaat kelib tushgan.

    Fuqaro o'z murojaatida uning turmush o'rtog'i T.Komilov 2017 yilning 1 yanvardan “RIVER AVTO” MCHJning taksi haydovchisi vazifasida ishlab kelgan. Avtokorxonada yangi avtomashinalar borligiga qaramay fuqaro T.Komilovga foydalanish uchun eski avtomobil` berilgani, fuqaro yangi avtomobilni so'raganda undan 3 million so'm pul so'rashgan. SHundan so'ng iste'molchi 1 million 800 ming so'm evaziga o'z hisobidan eski avtomashinani ta'mirlagan, sog'lig'i yomonlashgani sabali ishdan bo'shagan bo'lishiga qaramasdan, unga korxona tomonidan 27 million 270 ming so'm qarzdorlik yozilgani, biroq, pandemiya sabab mashina garajda turganini ma'lum qilgan.

    Shuningdek, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro Z.Boyqulova tomonidan kelgan murojaatda Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan “ORGANIC LIFE” firmasidan 4 quti “Lamifaren” dori vositasini xirid qilgani, iste'molchi dorining ikki qutisini iste'mol qilib bo'lganidan so'ng hech qanday ijobiy ta'sirini sezmagani, qolgan ikki quti dorining pulini qaytib olishda amaliy yordam berishni so'ragan.

    Ana shunday murojaatlardan yana biri, Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida yashovchi V.Qaxxorov tomonidan kelgan bo'lib, unda iste'molchi “Olx” internet do'koni orqali 1 million 500 ming so'm evaziga shishiriladigan divan buyurtma qilgani, ammo buyurtma etib kelganidan bir hafta o'tar-o'tmas divan o'z-o'zidan yorilib ketgani, sotuvchiga bir necha marotaba marojaat qilgan bo'lsada, tadbirkor turli bahonalar orqali uni almashtirib berishdan bosh tortgani haqida aytilgan.

    Mazkur murojaatlar Federatsiyaning Toshkent shahar hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida jami 30 million 120 ming so'm mablag' iste'molchilar foydasiga undirib berilishiga erishildi.