Shundan kelib chiqib, Senat aʼzosi saylovi boʻlib oʻtdi. Saylovda barcha demokratik talablar asosida har bir ishtirokchining oʻz xohish irodasini erkin ifoda etishi uchun qurilgan kabinalar orqali yashirin ovoz berib, byulletenlar saylov qutisiga tashlandi.
Sanoq komissiyasi belgilangan tartibda nomzodlarga berilgan ovozlarni sanab chiqib, natijalarni eʼlon qildi.
Saylov natijalariga koʻra, viloyat hokimi Murotjon Azimov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylandi.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ishtirok etdi, deya xabar beradi Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.