“Muruntov” koni 2020-yil oltin qazib olishda dunyoda yetakchi deb topildi

    Mamlakatimizda 9 Mart 2021 3029

    Konning resurs bazasi 4 ming tonnadan ziyodni tashkil etadi.

    KITKO analitik markazi 2020-yilda oltin qazib olish boʻyicha yetakchi oʻnta kon roʻyxatini tuzdi. Roʻyxatga koʻra, birinchi pogʻonani Navoiy viloyatidagi “Muruntov” koni egalladi.

    Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili “Muruntov”da taxminan 56,7 tonna oltin qazib olingan. Shu bilan birga, konning resurs bazasi 4 ming tonnadan ziyodni tashkil etadi. Bu shundan dalolat beradiki, yaqin kelajakda 1969-yildan beri faoliyat yuritayotgan oʻzbek koni dunyodagi eng yirik oltin koni sifatida oʻz mavqeini saqlab qoladi.

    Maʼlumot uchun, dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblangan “Muruntov” konining chuqurligi hozirda 640 metrdan ortiq. Kelajakda bu koʻrsatkich 1 000 metrgacha yetishi kutilmoqda.