Musa Yerniyazov maqbarasi ziyorat qilindi

    Hukumat 21 Sentabr 2021 7176

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi.

    Davlatimiz rahbari dastlab Nukus shahridagi “Shorsha baba” qabristoniga borib, Musa Yerniyazov maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etildi.

    Musa Yerniyazov koʻp yillar Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi Raisi lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Qahramoni boʻlgan.

    Prezidentimiz koʻrsatmasiga muvofiq, marhum xotirasiga maqbara barpo etildi. Bugun bu joy obod ziyoratgohlardan biriga aylangan.

    Shundan soʻng, davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonning Boʻzatov tumaniga yoʻl oldi.