Musiqachi o'tgan oy klinikaga yotqizilgan edi. Shifokorlar unga miyaning chap qo'l harakati uchun mas'ul bo'lgan hududiga yaqin qismida o'sma tashxisini qo'yishdi.
Operatsiya oldidan shifokorlar Nolenga jarrohlik amaliyoti davomida chalish uchun o'zi bilan gitara olib kelishni taklif qilishgan. Bu shifokorlarga miyaning qo'l harakatini boshqaradigan qismi ta'sirlanmasligiga ishonch hosil qilish uchun zarur edi. Bu, shuningdek, jarrohlarga o'smaning iloji boricha ko'proq qismini olib tashlashga imkon berishi kerak edi.
Nolen shifokorlarning iltimosini bajardi. Unga qisqa muddatli narkoz berildi, to'qimalarning sezgirligi anestaziya bilan bloklandi va miya trepanatsiyasi amalga oshirildi. Shundan so'ng musiqachi hushiga keldi va u Deftones gruhining musiqalarini chalishni boshladi. Operatsiya ikki soat davom etdi. Natijada o'simta olib tashlandi va Nolenning gitara chalish mahorati saqlanib qoldi. Bemor shifokorlar nazoratida bo'lib, hozirda tiklanish muolajalarini olmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.