Musobaqalar 5 tashabbus doirasida oʻtkazilmoqda

    Fikr 13 Dekabr 2021 5417

    Sogʻlom turmush tarziga amal qilish va targʻib qilish, ayniqsa, davr talabiga aylandi.

    Umumtaʼlim maktablarida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning 2-yoʻnalishi, yaʼni “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirish” boʻlib, oʻsib kelayotgan yosh avlodni sportga keng jalb etish, ular orasidan haqiqiy iqtidor egalarini topib, orzulariga yetishlari uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish borasida qator ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 238-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida olib borilayotgan sport toʻgarak va musobaqalar misol tariqasida koʻrishimiz mumkin.

    Mazkur maktab oʻquvchilarining aksariyati jismoniy tarbiya faniga nechogʻlik muhabbati baland ekanligi va sport toʻgaraklarida faolligini koʻrib koʻzingiz quvonadi.

    Men 10 yillik pedagogik faoliyatim davomida yoshlarga taʼlim-tarbiya berib kelayotganimdan faxrlanaman. Maktabimizda mini-futbol, voleybol, basketbol, shaxmat va gimnastika turlari boʻyicha sport toʻgaraklari faoliyat olib borilmoqda. Aytish joizki, maktabimizda yetishib chiqqan sportchilarimizdan Artyom Salixov (suv sporti turlari boʻyicha Jahon chempioni), Doniyor Nugumanov (qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempioni), Artyom Kozlyuk (suzish boʻyicha Osiyo va Jahon chempioni), Aram Vardanyan (kurash turi boʻyicha Osiyo va Jahon chempioni) va Nilufar Zokirova (eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempioni) bilan faxrlansak arziydi.

    Hozirda taʼlim olayotgan oʻquvchilarimizdan Toshpoʻlatov Nizomiddin, Abdullayev Abdurahim (3-“D” sinf), Hojiakbarov Boburjon, Ahmedov Sanjar, Akramov Muhammadali, Moʻysinov Alibek (3-d sinf), Abdusattorov Behroʻz, Niyozov Orifbek (7-i sinf), Abdullayev Abdulaziz (1-ye sinf), Poʻlatov Toshtemir, Muxtorova Mushtariy (3-ye sinf) va Muxtorova Muslima (1-g sinf) Karate-do (ITKF) boʻyicha musobaqada bellashib, 1-2-3-faxriy oʻrinlarni egallab Osiyo chempioni boʻlishdi.Kelajakda yoshlarimiz har tomonlama intellektual salohiyatga ega boʻlgan turli kasb egalari boʻlishiga ishonch bildiraman.

    Dilmurod Yahyoyev,

    Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 238-sonli maktab

    Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi