Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimichuqur islohotlar jarayonini boshdan kechirmoqda. Bujarayonda har bir oliy ta’lim muassasasining o‘ziga xoso‘rni va mas’uliyati mavjud. Jumladan, Toshkentdavlat yuridik universiteti (TDYU)da ham tizimlio‘zgarishlar, ilg‘or boshqaruv mexanizmlari vazamonaviy texnologiyalarga asoslangan yondashuvlarorqali faol va shaffof boshqaruv tamoyillari amaliyotgajoriy etilmoqda.
Mazkur yondashuvlar uchta asosiy ustunlik — ijrointizomi, strategik boshqaruv va elektron hujjataylanishi asosida shakllantirilgan bo‘lib, ular orqaliuniversitetda tashkiliy samaradorlikni oshirish, jamoaviy mas’uliyatni mustahkamlash vaaxborotlarning ochiqligi ta’minlanmoqda.
Ijro intizomi — bu universitetdagi boshqaruvsamaradorligining tayanch ko‘rsatkichlaridan biribo‘lib, har bir topshiriqning o‘z vaqtida va sifatlibajarilishini ta’minlaydi. TDYUda bu masalaga yuqoridarajada yondashilib, “Ijro.gov.uz” elektron tizimiorqali oliy tashkilotlardan kelib tushgan har bir hujjatyuksak mas’uliyat bilan nazoratga olinadi va bajarilishjarayoni bosqichma-bosqich monitoring qilinadi.
Bundan tashqari, universitet ichki faoliyatidaSmartoffice.adliya.uz platformasi orqali tashqi va ichkitopshiriqlar hamda hujjatlar yuritilishiga oid shaffofmexanizm yo‘lga qo‘yilgan. Har bir rahbar va ijrochixodim uchun aniq vazifalar belgilanib, bajarilgan ishlarelektron tarzda qayd etiladi. Bu esa bir tomondan ishhajmini aniq baholash imkonini bersa, ikkinchitomondan xodimlar mas’uliyatini kuchaytirishgaxizmat qilmoqda.
Strategik boshqaruv – bu universitetdagi barchafaoliyatni aniq maqsad va mezonlar asosidarejalashtirish va boshqarish usulidir. Toshkent davlatyuridik universiteti bugungi kunda 2023–2030 yillargamo‘ljallangan Strategik rivojlanish dasturi asosida o‘zfaoliyatini tashkil etmoqda. Mazkur strategiyauniversitetning uzoq muddatli ustuvor maqsadlarini, ilmiy, ta’limiy va ma’muriy sohalardagi ustuvoryo‘nalishlarini belgilab bergan bo‘lib, barcha tarkibiybo‘linmalarning zamonaviy boshqaruv asosida faoliyatyuritishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Strategiyadoirasida universitetda samarali boshqaruv, xalqarohamkorlik, raqamlashtirish, inson kapitaligainvestitsiya kiritish kabi yo‘nalishlar bo‘yichakompleks yondashuv shakllantirilgan.
Har bir prorektor, fakultet dekani va bo‘lim rahbariga shaxsiy KPI (asosiy ko‘rsatkichlar) belgilab berilgan bo‘lib, ularning ish samaradorligi mana shu ko‘rsatkichlar orqali baholanadi. Mazkur yondashuv oddiy ma’lumot yig’ish emas, balki natijaviylikka erishishni maqsad qilgan tizimni shakllantirdi.
Shuningdek, TDYUda muntazam ravishda ijro va strategik nazorat muhokamalari, rahbarlar kesimida tahlillar va tahrirlar o‘tkazilib, aniq kamchiliklar asosida ta’sir choralari belgilanib bormoqda. Bu ham universitetda samarali menejment madaniyatinishakllantirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Raqamli texnologiyalarni faol joriy qilishTDYUda nafaqat samaradorlik, balki ochiqlik vashaffoflikni ham ta’minlashda muhim omil sifatidaqaralmoqda. Smartoffice.adliya.uz elektron platformasiorqali universitetdagi hujjatlar aylanmasi, topshiriqlaryuborilishi va ularning ijrosi bo‘yicha onlaynmonitoring olib boriladi.
Mazkur tizimning yana bir muhim afzalligi – universitet xodimlariga kunlik topshiriqlar, eslatmalarva tegishli muhokamalarni tezkor yetkazish imkoniniberuvchi maxsus muloqot maydonining yo‘lgaqo‘yilganligidir. Ushbu yondashuv orqali mas’uliyatnioshirish, ish faoliyatini rag‘batlantirish va ijrointizomini mustahkamlashga xizmat qiluvchi qulaykommunikatsiya muhitini shakllantirish maqsadqilingan.
TDYU jamoasi murojaatlar bilan ishlashmasalasiga ham katta ahamiyat qaratib kelmoqda. Universitetda jismoniy va yuridik shaxslarningmurojaatlarini qabul qilish, ularga o‘z vaqtida vaasoslangan javob berish, jumladan, inson huquqlarigahurmat bilan yondashish asosiy tamoyil sifatidabelgilangan.
Buning amaldagi ifodasi sifatida, hattoki eshitishva gapirishda nogironligi bo‘lgan fuqarolar murojaatqilgan holatlarda ularni ortiqcha noqulaylikka duchorqilmaslik, samarali va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotnita’minlash maqsadida mas’ul xodimlarsurdotarjimonlik kurslarida o‘qitilib, maxsussertifikatlar bilan taqdirlanmoqda.
Shu bilan birga, Toshkent davlat yuridikuniversitetida hujjatlarni elektron shaklda yuritishbosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2020-yildan boshlab universitet tarkibiy bo‘linmalaridahujjatlar yig‘majildlarining elektron shaklda yuritilishitartibi belgilandi. Hozirgi kunda esa universitetningarc.tsul.uz platformasi orqali elektron arxiv tizimishakllantirilmoqda. Mazkur jarayonda avvalgi yillardaarxiv fondida saqlanayotgan hujjatlar bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda, yangi shakllanayotganhujjatlar esa elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, bevosita elektron nomyenklatura asosida yuritilmoqda. Shu bilan birga, tarkibiy bo‘linmalar tomonidanhujjatlarni elektron shaklda arxivga topshirishning aniqva qulay mexanizmlari ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa hujjat aylanishida shaffoflik va zamonaviyboshqaruv tamoyillarini amaliyotda samarali joriyetishga xizmat qilmoqda.
Toshkent davlat yuridik universitetida yo‘lgaqo‘yilgan tizimli islohotlar, elektron boshqaruv, aniqstrategik maqsadlar va mas’uliyatli yondashuvlarorqali samaradorlik va ochiqlik ta’minlanmoqda. Buesa nafaqat ichki faoliyatni takomillashtirishga, balkijamoatchilik ishonchini mustahkamlashga ham xizmatqilmoqda.
Kelgusida ham universitet ushbu yo‘nalishlardainnovasion yondashuvlarni rivojlantirish, har bir fuqarobilan ochiq muloqat o‘rnatish va elektron boshqaruvorqali shaffof, samarali va natijador tizimni barpoetishni maqsad qilgan.
Nurullaev Shoxrux,
Тashkiliy-nazorat va strategikrejalashtirish boshqarmasi Monitoring vaichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi