Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashdi

    Xalqaro hamkorlik 13 Oktabr 2022 2108

    2022-yil 12-oktyabr kuni Ostona shahrida Qozogʻiston Respublikasi raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qoʻmitasi vakillari ishtirok yetdi.

    MDH doirasida 2023-yili koʻp darajali tashqi ishlar vazirliklariaro maslahatlashuvlarni oʻtkazish rejasi hamda 2021—2030-yillarda MDHga aʼzo davlatlarning Yoshlar boʻyicha xalqaro hamkorligi strategiyasini 2023—2024-yillarga amalga oshirish yuzasidan Tadbirlar rejasi maʼqullandi.

    “Hamdoʻstlik sport poytaxtlari” davlatlararo dasturi qabul qilindi. Unga koʻra, MDH sport poytaxti maqomi har yili Hamdoʻstlik davlatlaridagi shaharlardan biriga beriladi.

    MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yigʻilishi 2023-yil 14-aprel kuni Toshkent shahrida oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.