Qayd etilishicha, 2025-yil 15-iyuldan boshlab mustaqil izlanuvchilikka oʻqishga hujjatlar qabuli boshlandi.

Talabgorlar Oliy taʼlim muassasasining magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun) haqida hujjat, yoxud mutaxassislik dasturi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (Eslatma: agar diplom maʼlumotlari elektron tizim orqali integratsiya qilingan boʻlsa, nusxa topshirish majburiy emas); taqdim etishlari lozim.

Shuningdek, kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis (nusxalari yoki havolalari bilan birga);

Qisqacha biografik maʼlumotnoma;

Ish joyidan tavsifnoma.