Yaqinda ularning 4 tasi oʻz faoliyatini boshladi. Sochtepa, Dehqonobod, Qatagʻon va Tosh qishloqlarida mahalliy tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan oilaviy bogʻchalar yuz nafardan ortiq bolajonlarni oʻz bagʻriga qabul qilib oldi.

Mahallalarda tashkil etilayotgan har bir bogʻchalar xonalari oʻziga xos tarzda bezatilgan. Shuningdek, bogʻchada bolalarni kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini uygʻotuvchi turli oʻyinchoqlar, didaktiv adabiyotlar, ertak kitoblari, koʻrgazmali materiallar mavjud.

Taʼlim tashkilotlarining tantanali ochilish marosimlarida tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev boshchiligidagi sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla ahli ishtirok etmoqda.

Mehmonlar jajji kichkintoylar, ularning ota-onalari va ustoz-murabbiylarni qoʻshaloq ayyom bilan qutlab, taʼlim tashkilotlarida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishmoqda.

Maʼlumot uchun aytib oʻtish joizki, eng ulugʻ, eng aziz ayyomimizning 30 yilligi arafasida 30 ta yangi oilaviy bogʻchaning ochilishi bilan tumandagi nodavlat oilaviy bogʻchalar soni 160 taga yetadi.