“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati Prezidentimizning tegishli farmoni asosida ayrim toifadagi fuqarolar uchun bayram (ishlanmaydigan) kunlar davrida ichki yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari tarifiga chegirmalar borligini eslatmoqda.
Unga koʻra, 1-4-sentyabr kunlari temir yoʻl chiptalari uchun:
Nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – 50 foiz;
Oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga – 15 foiz;
Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15 foiz;
Kollektivga (4 kishidan ortiq boʻlgan hamkasblarga, yoʻriqnoma asosida) – 15 foiz;
“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga - 10 foiz chegirmalar taqdim etiladi.