Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan 1-3-sentyabr dam olish kunlariga toʻgʻri kelmoqda.
«Keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda bayramni koʻtarinki ruhda kutib olishlarini taʼminlash maqsadida, pensiya toʻlovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar ularning bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi.
Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga toʻlovlar 4-sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.
Jamgʻarmaning eslatishicha, joriy yil sentyabr oyi pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda pensionerlarga toʻlanishi taʼminlanadi.