Unga koʻra, 31-avgust shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni boʻladi.
1-sentyabr — Oʻzbekiston mustaqilligi kuni 2024-yilda yakshanba — dam olish kunlariga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2-sentyabr, dushanba kuniga koʻchiriladi.
3-sentyabr, seshanba ish haftasining turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan.
4-sentyabr chorshanba barcha uchun odatiy ish kuni.
Shunday qilib, oʻzbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi.