Mustaqillik monumentiga gullar qo‘yildi

    Hukumat 31 Avgust 2024 2810

    Mustaqillik monumenti davlatimiz ozodligi va barqarorligi ramzidir. Unda xalqimizning ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, ushbu majmua poyiga gulchambar qo‘ydi.

    Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, monument poyiga gullar qo‘ydi.

    Bu mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlaridan biridir.