Joriy yilning 23-avgust kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Baliqchi tumanida joylashgan, ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Scorton textile” korxonasida boʻldi.
Viloyat rahbari korxonaga chet eldan keltirilgan zamonaviy dastgohlar va ularning montaj ishlari bilan tanishdi.
Mazkur korxona Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi arafasida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot oʻrnida: Ushbu korxona 20 mln. AQSH dollari evaziga, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hisobiga barpo etilgan.
Ushbu korxonada 400 ta yangi ishchi oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.









