"Xalqaro moliya tashkilotlari ham islohotlarimizni qoʻllab-quvvatlab, joylarga chiqqan holda loyihalarni tezlatish boʻyicha hokimlar bilan faol ishlayapti.

Yanvar mart oylarida Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Fransiya rivojlanish agentligi, Islom taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi vakillari Qoraqalpogʻiston, Andijon, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryoga borib, 200 ga yaqin tadbirkor bilan ishladi.

Qisqa vaqt ichida 1,5 milliard dollarlik loyihalarni moliyalashtirishga kelishildi", — dedi davlatimiz rahbari.

Mutasaddilarga har bir loyihani yakuniga yetkazish kerakligi haqida ogohlantirildi.

Umuman, bu amaliyotni tizimga aylantirib, yana kamida 3 milliard dollarlik shunday loyihalarni boshqa hududlarda ham qilish topshirildi.