Mutasaddilar keshbekni bir kunga boʻlsa ham kechiktirmaslik zarurligi haqida ogohlantirildi.

“Hokimlarni ham ogohlantiraman, ushbu yangi mexanizm asosida goʻsht, sut, parranda goʻshti va tuxum narxi barqaror boʻlishi shart. Buni eplay olmaganlari ishdan ketadi”, — dedi Prezident.

Sud qarorlari vaqtida ijro boʻlmayotgani yuzasidan murojaatlar juda koʻpligi qayd etildi. Oʻtgan yili MIBga yuborilgan har beshta sud qaroridan bittasi ijro qilinmagani tanqid qilindi.