Mutasaddilar oilalarni kambagʻallik sharoitidan olib chiqish kerakligi haqida ogohlantirildi

    Prezident bundan buyon Hukumatdan tortib tuman tashkilotigacha barcha boʻgʻindagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambagʻallik sharoitidan olib chiqish boʻlishi kerakligini koʻrsatib oʻtdi.

    Mutasaddilar bu borada nazorat ham, soʻrov ham qattiq boʻlishi haqida ogohlantirildi.

    Bosh prokurorning sohaga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun masʼul alohida oʻrinbosari tayinlandi.

    U har hafta kamida bitta tumanga borib, kambagʻal oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini oʻrganadi, kambagʻal oilalarga berilayotgan mablagʻlar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qiladi.