Buning hisobiga juda koʻp yangi ish oʻrinlari yaratilishi, valyuta tejalishi va yondosh sohalar rivojlanishi koʻrsatib oʻtildi.

Viloyat hokimlariga har oy tadbirkorlar bilan yarmarka oʻtkazib, oʻzida yangi-yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Hozir amalga oshirilayotgan 75 milliard dollarlik yirik investitsiya loyihalarining 28 milliard dollarini mahalliy mahsulotlar orqali qoplash mumkinligi hisob-kitob qilingan.

Mutasaddilarga tarmoqlar va viloyat hokimlari bilan birgalikda tuman va korxonalar kesimida 2025-yilda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha dastur tayyorlash topshirildi.