Yoki “yettilik” xodimlarining aniq vazifalari va KPI belgilangani bilan mahalladagi umumiy natijadorlikni baholaydigan tizim yoʻq.
Hozirda “yettilik” aʼzolarining 1 ming 700 nafari mahalla hududidan 20-30 kilometr uzoqdan qatnaydi. Oqibatda oʻtgan yili 68 nafar “yettilik” vakillari biriktirilgan mahallasiga bir necha oy kelmagan.
Mutasaddilarga “yettilik” faoliyatini kompleks baholaydigan tizimni ishga tushirish topshirildi.
Tuman hokimlari yil yakuniga koʻra, yaxshi ishlagan 10 ta “yettilik”ning barchasini mukofotlash, ularga qoʻshimcha ustamalar berishni yoʻlga qoʻyadi.
“Shunda «yettilik” hamjihat va yagona jamoa boʻlib ishlaydi», – dedi Prezident.
Bundan buyon “yettilik” xodimlari bilan har bir yoʻnalish boʻyicha alohida yigʻilish oʻtkazish taqiqlanishi belgilandi.









