“Ikki kun davomida Andijondagi boʻlayotgan oʻzgarishlar bilan tanishdim. Shu bilan birga, viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, obodonlashtirish va infratuzilmasi uchun misli koʻrilmagan miqdorda mablagʻ ajratilyapti. Bunaqasi hech qachon boʻlmagan“, — dedi davlatimiz rahbari.
Aytilgan barcha tashabbuslar Andijondagi har bir xonadongacha kirib borishi, ajratilayotgan har bir soʻm mablagʻ kamida oʻn soʻm boʻlib qaytishi uchun mutlaqo yangi nazorat tizimi joriy qilinishi belgilandi.
Tegishli idoralarga har bir topshiriq ijrosidan tortib, rahbarlarning aholi va tadbirkorlar bilan muomalasigacha qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.
Har bir mahallada huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini kuchaytirish vazifasi qoʻyildi, Andijonga yangi tayinlangan viloyat prokurori va ichki ishlar boshligʻining bu boradagi masʼuliyati belgilandi.