Mutasaddilarga kreditlarning qaytarilishi masalasini qatʼiy nazoratga olish topshirildi

    Hukumat 25 Yanvar 2023 1419

    “Hokimlar bu mablagʻlarni qaytarishni oʻylamasa, oilaviy tadbirkorlik qayerdan boʻladi? Axir bu pullar qaytsa, yana tumanning oʻziga beriladi-ku!”, - dedi Prezident.

    Yigʻilishda ilgari ajratilgan kreditlarning qaytarilishi masalasiga toʻxtalib oʻtildi.

    “Hokimlar bu mablagʻlarni qaytarishni oʻylamasa, oilaviy tadbirkorlik qayerdan boʻladi? Axir bu pullar qaytsa, yana tumanning oʻziga beriladi-ku!”, - dedi Prezident.

    Mutasaddilarga ushbu masalani qatʼiy nazoratga olish topshirildi.

    Shuningdek, bandlik vaziriga yangi vazirlikka byudjetdan ajratilgan 1,5 trillion soʻmni avvalo eng ogʻir mahallalarda kambagʻallikni qisqartirishga yoʻnaltirish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

    Bosh vazir oʻrinbosariga, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birga jalb qilingan 135 million dollarlik kredit liniyasi boʻyicha ogʻir mahallalar kesimida tadbirkorlik loyihalari paketini shakllantirib, ushbu mahallalarda kamida 50 ming aholini band qilish vazifasi qoʻyildi.