Bu koʻchalar ovqatlanish, salomatlik, mehmonxona, hunarmandchilik, savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtiriladi, ularda 4 ming nafar tadbirkor uchun sharoit yaratiladi va 6 ming aholi bandligi taʼminlanadi. Ularda kamida 5 ta xalqaro mehmonxona hamda ovqatlanish tarmoqlarini joylashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, Prezident sanoat zonalarida yer ajratishni yengillashtirish, bunga xizmat koʻrsatishni ham qoʻshish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Har bir tumandan sanoat va xizmat koʻrsatishga 20 gektardan yerlarni belgilab, loyihalarni amalga oshirishga koʻrsatma berildi.
Bundan buyon qurilgan xizmat koʻrsatish joylarini sotib olish uchun alohida kredit turi yoʻlga qoʻyiladi. Mutasaddilarga “xizmat ipotekasi”ni joriy qilib, kredit ajratishni boshlash topshirildi.