Bu xulosalar qanchalik asosli? Sogʼliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati vazirlikning tamakiga qarshi kurashish boʼyicha bosh konsulьtanti, tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat ShUKUROV fikrlari bilan qiziqdi.
– Har qanday elektronika vositasi kabi bunday moslamalarni ham doim tozalab, detallarini vaqtida almashtirib yoki burab turish kerak. Muntazam texnik tekshiruvlar sogʼligʼingizni xavf-xatarlardan himoya qiladi”, degan gaplarni ham eshitamiz. Bu xuddi zaharli moddani ehtiyot boʼlib isteʼmol qiling, deyishga oʼxshaydi, – deydi Sh.Shukurov.
Muntazam texnik tekshuvlar chekuvchi sogʼligʼini nikotin, kantserogen, aromatizatorlar yoki boshqa narkotik moddalardan himoya qilmaydi. Tozalangan, texnik tekshirilgan elektron sigaretalar tarkibidagi ayni shu suyuqliklar sogʼliqqa zarar yetkazadi.
Maʼlumotlarga qaraganda, 2019-2020-yillar davrida elektron sigaretalardan foydalanish oqibatida АQShda 68 ta oʼlim va 2807 ta kasalxonaga yotqizish holati qayd etilgan. Tarkibida taqiqlangan moddalar boʼlmagan nikotin suyuqliklarini isteʼmol qilgan yoshlarda jiddiy oʼpka jarohatlari kuzatilgan.
Rossiyada ikki kishi (17 yashar yigit va 20 yashar qiz) muayyan qoʼshimchali suyuqliklar bilan toʼldirilgan elektron sigaretalar chekishi oqibatida reanimatsiya boʼlimiga tushgan.
“Tutun quyuqligi va uning miqdoriga koʼp afzallik bermaslik kerak. Juda katta miqdordagi tutun organizmda yoʼtal hosil qiladi”.
Аslida har qanday turdagi elektron sigaretalarni isteʼmol qilish oʼpkaga zarar yetkazadi va yoʼtal xurujini keltirib chiqarishi mumkin.
Elektron sigaretalarni targʼib qiluvchi axborotlar tamaki sanoatining nikotinga qaram boʼlgan odamlar sonini oshirishga qaratilgan marketing strategiyasining bir qismidir.
— Tamaki sanoati elektron sigaretalarning sogʼliqqa zarari kamroqligi yoki xavfsizligi, ularning chekishni tashlashga yordam beradigan samaraga egaligi haqidagi yolgʼon va chalgʼituvchi bayonotlarni odamlarni koʼproq “nikotin qarmogʼi”ga ilintirish uchun tarqadi, — deydi mutaxassis. — Yana shuni eslatib oʼtishni istardikki, ushbu turdagi xabarlarni tarqatish Oʼzbekiston qonunchiligida taqiqlangan.
“Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʼgʼrisida”gi Qonunning 7-moddasida: “Chilim va elektron sigaretalar chekishni targʼib qilish, yaʼni chilim va elektron sigaretalarni chekishni ragʼbatlantiruvchi, shaxsda ularni isteʼmol qilishning zararsizligi haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi gʼoyalar, qarashlar va badiiy obrazlarni ochiq yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan harakatlar taqiqlanadi”, deya maʼlumot keltiriladi xabarda.