Mutaxassis qahva haqidagi mashhur afsonani rad etdi

    Shifokor odamlarga ichimlikdan voz kechmaslikni maslahat berdi. Ammo bunda chegarani unutmaslikni uqtirdi.

    Qahva yurak ogʻrigʻidan aziyat chekadiganlar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi. Bu fikrni shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov “Rossiya-1” telekanali efirida bildirdi.

    Shifokor odamlarga ichimlikdan voz kechmaslikni maslahat berdi. Ammo bunda chegarani unutmaslikni uqtirdi.

    “Qahvani meʼyorida ichadigan odamlarda yurak xuruji, aritmiya kam uchraydi deyilgan ilmiy ishlar mavjud”, dedi Myasnikov.

    Shifokor kuniga ikki-uch stakandan koʻp boʻlmagan holda qahva ichish mumkinligini aytdi. Jigar muammosi boʻlgan odamlar toʻrt porsiya ichimlikdan bahramand boʻlishi mumkin. Qahva jigarni tiklashga yordam beradi, deya taʼkidladi Myasnikov.

    Mutaxassis, shuningdek, podagra, parkinson kasalligi va osteoporozda kofe tavsiya qildi, uning saratonga qarshi taʼsirini tasdiqladi.

    U eriydigan qahvaning zarari haqidagi maʼlumotlarni ham haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, deya xulosa qildi.