Mutaxassis vazn yo'qotish uchun to'g'ri nonushtaning uchta ideal variantini keltirdi

    Fitness murabbiyi Aaron Braun ortiqcha vaznni yo'qotishga yordam beradigan nonushtaning uchta variantini nomladi, deya xabar beradi Express nashri.

    Mutaxassis fikriga ko'ra, mazali va to'yimli nonushta orqali kunlik kaloriya iste'molining yarmini o'zlashtirish mumkin. eng yaxshi variant sut, parranda va mol go'shti, oq baliq hamda dengiz mahsulotlari hisoblanadi. Murabbiyning ta'kidlashicha, oqsilga boy yog'siz ovqatlar ochlikni yaxshiroq va tezroq qondiradi.

    Nonushta paytida oqsil va klechatkaga boy ovqatlarni iste'mol qilish mumkin: tuxum, qizil baliq, meva va sabzavotlar. Tonggi nonushtaning uchinchi varianti esa tuxum, avokado, yog'li baliq, ismaloq, qo'ziqorin va sabzavotlarni o'z ichiga olishi kerak.

    Braun tadqiqot ma'lumotlarini keltirarkan, ovqatlanishning katta qismini tonggi nonushtada amalga oshirish vazn yo'qotishga yordam berishini ta'kidladi. Nonushta uchun kunlik kaloriya miqdorining 50 foiz, tushlikda 30 foiz va kechki ovqatda 20 foizini iste'mol qilgan tajriba ishtirokchilari 12 hafta ichida 9 kg vazn yo'qotishdi. Tushlikda ko'p ovqat eyishni afzal ko'rganlar atigi 3,5 kilogramm vazn tashlashdi.