Mutaxassislar 2023-yilda atmosferaga rekord darajada karbonat angidrid chiqindilari chiqarilishini bashorat qilishdi

    2023-yilda global miqyosida atmosferaga rekord darajada karbonat angidrid chiqindilari chiqariladi. Bu haqda ekspertlar ma'lum qildi.

    Global miqyosda ularni kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga qaramay, chiqindilar miqdori ortib bormoqda.

    Global isishni to'xtatish bilan bog'liq maqsadlarga erishish uchun 2023-yilda chiqindilarni 5 foizga qisqartirish kerak. Biroq Norvegiyadagi CICERO institutining dastlabki tadqiqoti shuni ko'rsatdiki, ular nafaqat kamaymadi, balki 0,5-1,5 foizga oshishi mumkin.

    Yil uchun yakuniy “Global uglerod byudjeti” hisoboti dekabr oyida e'lon qilinadi. U barcha manbalardan CO2 emissiyasini o'zida namoyon etadi.

    Olimlar 2015-yilda emissiyaning eng yuqori cho'qqisiga chiqib, keyin pasayishni boshlashiga umid qilishgan edi, ammo bu bashorat amalga oshmadi. 2019-yilda yangi burilish yuz berishi kutilgan edi. Biroq statistik ma'lumotlarga ko'ra, SO2 miqdori o'sishda davom etmoqda va har yili yangi rekord o'rnatilmoqda.

    Xalqaro energetika agentligi neft, gaz va ko'mirga global talab o'n yil ichida toza energiya texnologiyalari va elektr transport vositalarining o'sishi natijasida qisqarishi mumkinligi haqida ma'lum qilgan edi. Biroq toza energiya hali qazib olinadigan yoqilg'iga bo'lgan talabning o'rnini bosa olmayapti, deb xabar beradi mir24.tv.