Bu haqda Janubiy Koreya transport vazirligi fuqaro aviatsiyasi departamenti direktori Chju Chjon Van brifingda ma'lum qildi, deya xabar beradi repot.az TASSga tayanib.
“Kabinadagi uchuvchilarning suhbatini yozib olish moslamasidan ma'lumotlarni olish yakunlandi. Bugun ularni ovoz fayllarga aylantirish ishlari boshlandi”, dedi u. Janubiy Koreya rasmiysining qo'shimcha qilishicha, ish imkon qadar tezroq amalga oshiriladi.
Ikkinchi qora quti – parvoz ma'lumotlarini yozib olish qurilmasi tashqi tomondan zarar ko'rdi. Bu shifrni ochish uchun zarur bo'lgan vaqtni oshiradi. Janubiy koreyalik mutaxassislarning fikricha, parvoz ma'lumotlari yozib olish moslamasi ma'lumotlarini ochishga bir oycha vaqt ketadi. Agar ikkala qurilma ham shikastlanmaganida shifrni ochish taxminan bir hafta davom etgan bo'lardi.
Agar janubiy koreyalik mutaxassislar qora qutilarni ochishda qiynalsa, qora qutilar Milliy transport xavfsizligi kengashidagi amerikalik hamkasblariga topshirilishi mumkin. Milliy transport xavfsizligi kengashi va Boeing kompaniyasidan taxminan 10 kishidan iborat Amerika delegatsiyasi Muan shahriga yetib keldi. Ryonxap agentligining ta'kidlashicha, ular janubiy koreyalik hamkasblari bilan birinchi navbatda beton poydevorga radioantennalar o'rnatilgan yer qoplamasi ko'rinishidagi majmuani o'rganishdi.
Janubiy Koreya rasmiylari Janubiy Koreyadagi Muan aeroportida yuz bergan aviahalokatda 179 kishi halok bo'lganini tasdiqladi. Bu mamlakatdagi eng yirik aviahalokatga aylandi, deb xabar beradi report.az.