Hindistonlik olimlar koronavirus pandemiyasi paytida koʻzoynak taqadigan odamlar taqmaydigan kishilarga qaraganda koʻproq himoyalangan boʻladi degan xulosaga kelishdi, deb yozadi The Sunday Telegraph.

Tadqiqotchilar COVID-19 bilan kasallangan 304 bemor oʻrtasida soʻrov oʻtkazdilar va ularning 19 foizi asosan koʻzoynak taqib yurishlarini aniqladilar. Olimlarning taʼkidlashicha, bunday aksessuarlarni kuniga sakkiz soat davomida olib yuradiganlar koronavirus infeksiyasini kamroq yuqtirishadi, shu bilan birga ular yuz va koʻzlarga kamdan-kam qoʻl bilan tegishadi.

Shuningdek, ular koʻzoynaklar shilliq qavat orqali COVID-19 infeksiyasini oldini oluvchi himoya omil boʻlishi mumkinligini isbotladilar.

Avvalroq mataxassis koronavirus yuqishi xavfini oshiruvchi zararli odatlar haqida fikrini aytib oʻtgan edi.