Muvaffaqiyatga sabr va harakat evaziga erishish mumkin

    Fikr 29 Mart 2024 190

    Bugun mamlakatimizda yosh avlod uchun keng imkoniyatlar yaratilib,ularning o’z iste’dodlarini va iqtidorlarini namoyon etish uchun zarur shart-sharoitlar yetarlicha darajada desak mubolag’a bo’lmaydi.

    Keyingi yillarda mamlakat taraqqiyotining yangi davrida yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash,ularning bilim olishi,mehnat qilishi,o’z qobiliyat va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Muhimi,yoshlarga berilayotgan e’tibor ularga davlat tomonidan ko’rsatilayotgan ga’mxo’rlik miqyosi yildan-yilga kengayib bormoqda. Ayniqsa, bosh qomusimizda yosh avlodning huquq va manfaatlari aniq moddalar bilan muhrlanib qo’yilgan, yangilangan konstitutsiyamizda yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo’lishi, yoshlarning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlatning konstitutsiyaviy majburiyat sifatida mustahkamlanganligi ham nechog’lik yoshlar uchun imkoniyat eshiklarini ochayotganligining yaqqol tasdig’i.

    Bugungi kunda yoshlarga maktab, professional va oliy ta’lim sohasida bilim olishga, zamonaviy kasb-hunar egallashga, madaniyat va sport yo’nalishlarida o’z iqtidorini namoyon etishga, turli yo’nalishlarda o’z tadbirkorlik faoliyatini yuritishga yaratilgan sharoitlar natijasida yoshlar tomonidan ko’plab sohalarda yangi marralar zabt etilmoqda.

    Men yoshlar vakilli sifatida, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib bugungi kunda ko’plab yutuqlarga erishib kelmoqdaman. 2020-yil O’zbekiston Milliy unversiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo’nalishiga talabalika tavsiya etilgan kunimdanoq boshlab bugungi kunga qadar 100 dan ortiq turli tanlovlar, forumlarda, xalqaro va respublika konferinsiyalarida faol ishtirok etib, g’olibliklarni qo’lga kiritim, 2022-yil sentyabr oyida Samarqand shahri mezbonlik qilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi orasida o’tkazilgan ”Yosh olim – 2022“ tanlovi g’olibi sifatida e’tirof etilib ko’krak nishoni hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlandim. Xuddi shu yili Respublika miqyosida o’tkazilgan “Uchinchi Renenesans yoshlari“ ko’rik tanlovida ishtirok etib g’oliblikni qo’lga kiritib, “Uchinchi Renenesans yoshlari yetakchisi” ko’krak nishoni sohibiga aylandim. Yuqorida qo’lga kiritgan yutuqlarim men uchun motivatsiya bo’lib yanada ko’proq o’z ustimda ishlay boshladim va 2022-yil o’quv yili oxirida hayotimdagi muhim kunlardan biri sifatida muhrlandi, chunki Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olib kelayotgan Iqtidorli talabalar uchun ta’sis etilgan Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibga aylandim, bu stipendiyaga erishishim men uchun moddiy jihatdan ham yaxshgina rag’batlantirishim bilan birgalikda ma’naviy jihatdan ham keng imkoniyat eshigini ochdi, ya’ni bakalavirni tugatmasdan turiboq muddadidan avval o’z mutaxassisligim bo’yicha magistiraturaga qo’shimcha davlat granti asosida talabalika tavsiya etildim.

    Har bir inson maqsad qilishi yoki niyat qilishi mumkin, lekin hamma ham o’z maqsadlari sari harakat qilishga kelgan paytda ozgina oqsoqlik qilishi evaziga juda ko’p insonlar muvaffaqiyatsizlika uchraydi va o’z maqsadlaridan voz kichadi. Ushbu holatlar meni hayotimda ko’p sodir bo’ldi. Gohida kel shu yerda hammaasidan voz kechib boshqa tengdoshlaring singari sen ham o’zing uchun yoshlik davr-u-davroningni kitob o’qib o’tkazmasdan boshqa bironta ish bilan shug’ullan degan fikrlar ham bo’lardi. Lekin bu fikrlardan qaytib ozroq sabr qilib o’z ustimda ishlashda davom etim va birin-ketin qilgan mehnatlarim o’z mevasini bera boshladi. Ozgina bo’lsada erishayotgan yutuqlarim meni ruhlantira boshladi va bugungi kunga qadar yanada ko’proq yutuqlarni qo’lga kiritib kelmoqdaman. Bu yutuqlarimni barchasi bizga berilayotgan imkoniyatlar evaziga deb bilaman, 2022-yil ko’plab muaffaqiyatlar bilan o’z yakuniga yetdi.

    2023-yil menga o’tgan yilgidanda ko’ra omadli va muaffaqiyatlarga boy yil bo’ldi desam adashmagan bo’laman, sababi Prezidentimning 2021-yil 15-oktyabirdagi qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim darajasi yuqori bo’lmagan maktablarga malakali o’qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlar to’grisida”gi qaroriga binoan, pedagogika yo’nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo’limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquq berilgan edi. Ushbu huquqdan foydalangan holda maktabga ish qabul qilindim, bir vaqtni o’zida ham o’qituvchi ham o’quvchiga aylandim, bu bizni keyingi ish faoliyatimiz uchun muhim hisoblanadi. Ishga qabul qilinganimdan bir tomondan xursand bo’lsam, ikkinchi tomondan esa o’zimda kuchli ma’suliyatni his etdim, ish faoliyat bilan birgalikda ilmiy faoliyatga ham vatq ajratib o’z mutaxassisligimga oid bo’lgan turli tanlovlarda, forum va konferinsiyalarda faol ishtirok etib borib, ilmiy maqolalar yozishda davom etdim.

    Maqolalarim Fransiya, Rossiya, Polsha, Turkiya, Tojikiston, Qozog’iston, Dog’iston kabi davlatlarning ommabop gazeta va jurnalarida nashir etildi. Vaqt o’tib Oliy ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi va nomdor stipendiyalarag da’vogar talabalar uchun hujjatlar qabul boshlanganligi haqida xabarlar qulog’imga chalinib qoldi. Barcha da’vogar talabalar singari hujjatlarni tayyorlab unversitetimizni Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limga topshirib, imtihonlaraga tayyorgalikni boshlab yuborib unversitet bosqichdan g’olib deb topilib, respublika bosqichiga yo’llanma berildi. Respublika bosqichida barcha oliy ta’lim muassasisdan da’vogar bo’lgan talabalardan Bilimlarni baholash agentligi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlaridan yuqori ballarni to’plagan holda va ekespert guruhlari tomonidan o’rganib chiqilgan ilmiy ijodiy ishlarimni umumlashtirgan holda 2023-2024 o’quv yili uchun joriy etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi sovrindori deb topildim, aynan bu kun ham hayotimda eng quvonchli kunlardan bir sifatida muhrlandi. Yoshligimiz qishloqda mol-qo’y boqib o’t-o’lanlar orasida o’tgan paylarda doimo qalbimida bir hadek bor edi, go’yoki butun umrim shu qishloq ko’chalarida qolib ketmasmikan degan fikrlar doimo men bilan birga edi. Gohida ota-onam va yaqinlarim bilan dasturxon atrofida o’tirgan vaqtimda televizordan ko’plab yutuqa va muaffaqiyatga erishgan yoshlar orasida nom qozongan, yoshlarni ko’ra turib otam, bolam qachon sen ham shunaqa yoshlarga o’xshab yutuqlarag erishib bizni xursand qilasan degan so’zlari ich-etimni yerdi, abuteriyent bo’lib o’qishga kirish uchun tayyorgarlik ko’rib yurgan paytlarimda darslarim ko’pligidan gohida erinchoqligim tutib darslarni bo’shashtirib qo’ysam darrov ko’z oldimga ota-onamning va yaqinlarimning qiynalib meni o’qitaman deb mehnat qilishi kelsa, ikkinchi tomondan agarda o’qishga kirolmasdan ortga qaytgan kunim barcha orzularimga nuqta qo’yilishi mumkinligini o’ylab ko’proq va yaxshiroq o’qib, o’zimga shu orqali motivatsiya berar edim. Ushbu yutuqlarga erishishim, avvalambor Prezidentimizning biz yoshlarga bildirayotgan ishonchi evazigam, qolaversa ota-onamni va ustozlarimizning bizga bergan ta’lim-tarbiyasi evaziga deb bilaman. Ishonamanki biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yurtimiz taraqqiyoti uchun, ertangi kelakagi uchun o’z hissamizni qo’shgan holda Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlaymiz.

    PRIMOV SUNNATILLO

    O’zbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi sohibi.

    O’zbekiston Milliy unversiteti talabasi.