Qishki transfer oynasi vaqtida Polshaning eng sovrindor jamoalaridan biri “Legiya” tarkibni kuchaytirish uchun bir qator yangi futbolchilarni, jumladan, albaniyalik Ernest Muchi, ukrainalik Nazariy Rusin va oʻzbekistonlik Jasur Yaxshiboyevni oʻz safiga qoʻshib olganidan xabaringiz bor, albatta.
Hozircha yuqorida tilga olingan uchchala futbolchi ham yangi jamoasi safida oʻyinga tushib ulgurgani yoʻq. Klub matbuot xizmati esa “Twitter”dagi sahifasi orqali muxlislar qaysi futbolchining debyutini kutayotganlagi haqida soʻrovnoma oʻtkazdi. Bir yarim mingga yaqin muxlislar ishtirok etgan soʻrovnomada 79,5 foiz ishqiboz Muchining, 16,3 foizi esa Yaxshiboyevning debyutini kutayotganligi bildirgan.
Mutaxassislarning fikricha, Jasur Yaxshiboyev zoʻr hujumchi. Lekin polshalik muxlislar uning oʻyini kuzatishmagan. Shuning uchun Jasurni 16,3 foiz ishqibozlar qoʻllab-quvvatlagan.