Birinchi bo'lim oxirida muxlis Ronaldu bilan suratga tushish uchun qo'lida telefon bilan maydonga yugurib chiqdi.

Hodisa burchak bayrog'i yonida sodir bo'lgan: videoda Krishtianu oqsoqlanib qolganini va tanaffusdan keyin almashtirilganini ko'rish mumkin.

Gap shundaki, muxlislardan biri Krishtianu Ronaldu bilan suratga tushish uchun yugurib chiqib, tasodifan uning oyog'ini bosib olgan.

Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi o'yinda portugallar 5:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ronaldu almashtirilishidan oldin dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi, Bruno Fernandes, Joau Kanselu va Joau Feliks ham bittadan gol urishdi, deb xabar beradi tengrisport.kz.