Xalqaro seminar-treningning ochilish marosimida Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarov, Malayziya islom sanati muzeyi direktori o'rinbosari Rashida Salim, Malayziya tashqi ishlar vazirligi vakili Kamaliya Budeyantilar so'zga chiqdi.
Ular ikki mamlakat o'rtasida barcha sohalarda hamkorlik rivojlanib borayotganini qayd qilib, maqsadlari mushtarak bo'lgan ikki muaasasaning tajriba almashish va mutaxassislar malakasini oshirish yo'nalishidagi maqsad va vazifalarga xizmat qiluvchi ushbu seminar trening ishtirokchilarini qutladilar.
Dastlabki nazariy va amaliy mashg'ulotlar “Doimiy-turg'un ekspozitsiya hamda vaqtinchalik maxsus ekspozitsiyalarni tashkil etish bosqichlari” to'g'risida bo'lib o'tmoqda.
Tadbir O'zbekiston va Malayziya Tashqi ishlar vazirliklarining, xususan har ikki mamlakat elchixonalarining faol yordamlari bilan tashkil qilingan.