Muzey xodimlari orasidagi mashhur oʻgʻri

    Myunxen muzeyi sanʼat muzeyi hisoblanmasada, hadya qilingan sanʼat asarlarining munosib toʻplamini oʻz ichiga oladi.

    Maʼlum boʻlishicha, Germaniya muzeyi xodimlaridan biri rasmlarni soxtalariga almashtirib, asl nusxalarini auksionda sotgan.

    Oʻgʻirlangan birinchi asar 1891-yilda nemis rassomi Frans fon Stukning "Qurbaqa qirol ertagi" edi. U 70 ming yevroga sotilgan. Xodim auksion uyiga rasm uning bobosi va buvisiga tegishli ekanligini aytgan. Eduard fon Grutznerning “Vino degustatsiyasi” va Frans fon Defreggerning “Togʻlarda oʻtin terib yurgan ikki qiz” asarlari ham xuddi shunday auksionga berilgan.

    Qalbaki rasmlar muzey baholovchisi tomonidan aniqlagan. Natijada gumonlanuvchi sudga tortilib, aybdor deb topilgan. Muzey xodimi bir yilu toʻqqiz oyga shartli qamoq jazosi hamda 60 ming yevrodan ortiq jarimaga tortildi.