Unga koʻra, davlat muzeylariga qoʻshimcha xizmatlar uchun Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan va bozor konʻyunkturasi hisobga olingan holda, byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qoʻshimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.

Davlat muzeylari tomonidan xizmatlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar muzeylarning byudjetdan tashqari mablagʻlari, Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.