Shundan, muzey filiallari soni 44 taga teng. Muzeylarga tashrif buyuruvchilar soni esa 7,7 mln kishidan iborat boʻlib, ulardan oʻquvchi va talabalar ulushi 45,0 foizni tashkil etgan.
Bugungi kunda respublika muzeylarida turli xildagi buyumlar va eksponatlar mavjud boʻlib, 2019-yilda muzeylardagi jami asosiy fond eksponatlari soni 2 millionni tashkil etgan.
Noyob eksponatlar soni esa 122,9 mingtaga teng. Muzey eksponatlarining 24,6 mingtasi rassomlik, 56,0 mingtasi grafika, 3,8 mingtasi haykaltaroshlik, 71,0 mingtasi amaliy sanʼat, 288,1 mingtasi numizmatika, 336,8 mingtasi arxeologiya buyumlari hamda 250,1 mingtasi suratlar, 277,6 mingtasi hujjatlar va 757,7 mingtasi boshqa eksponatlardan iborat.