Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:
- Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025-2029-yillarda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi";
- Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;
- 2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;
- 2025-2027-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
- 2025-2027-yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.









