Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi

    Mamlakatimizda 25 Yanvar 2023 2328

    Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ismailov Abdurashid Hudayarovich tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

    Abdurashid Ismailov 1977-yil 12-iyulda Boysun tumanida tugʻilgan. 2005-yil Termiz davlat universiteti, 2014-yil Toshkent moliya institutini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi pedagog, byudjet hisobi va nazorat-moliya.

    A.Ismailov 1996-2022-yillarda ijtimoiy taʼminot, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

    2022-yildan buyon Muzrabot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.