“Myanmar Now” portali xabarida hayotdan koʻz yumganlar 800 nafarligi koʻrsatilgan. Ertalab ikki soatcha avval esa “France-Presse” zilzila natijasida 694 inson halok boʻlgani, 1 670 kishi jabrlanganini maʼlum qilgandi.
Albatta, yirik tabiiy ofatlar uchun bu tabiiy holat. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti, Vayronalar ostidan odamlar peshma-pesh olib chiqilyapti va qurbonlar, jabrdiydalar roʻyxati kengaymoqda.