Myanmada suv toshqini qurbonlari soni 113 nafarga yetdi

    Myanmada “Yagi” super to'foni tufayli yuz bergan suv toshqini oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo'ldi.

    Bu haqda respublika Davlat ma'muriy kengashi rasmiy vakili Zo Min Tun ma'lum qildi.

    “Mamlakat bo'ylab yuz bergan suv toshqini oqibatida 113 kishi halok bo'ldi, 64 kishi bedarak yo'qoldi va 14 kishi jarohatlandi”, dedi u.

    Myanma rasmiylariga ko'ra, aholi punktlarini suv bosishi oqibatida 320 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Qutqaruv xizmatlari bedarak yo'qolganlarni qidirishda davom etmoqda, deb xabar beradi report.az.

    Avvalroq Myanmada 74 kishi suv toshqini qurboni bo'lgani xabar qilingandi.