баннер
1 Apr 2025
05:25

    Myanmada zilzila oqibatida ko'prik qulab tushdi

    Myanma shimoli-g'arbidagi Sagayn shahridagi ko'prik kuchli zilziladan so'ng qulab tushdi, deb xabar bermoqda Myanmar Now mahalliy portali.

    U e'lon qilgan kadrlarda zilzila oqibatida Sagayn va Mandalay shaharlarini bog'lovchi ko'prikning beshga yaqin qismi qulab tushganini ko'rish mumkin.

    Portal guvohlarga tayangan holda, shaharning asosiy ramzlaridan biri hisoblangan tarixiy Mandalay saroyi ham qisman vayron bo'lgani haqida xabar berdi.

    Myanmada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi, yer silkinishlari beshta qo'shni davlat, jumladan Tailandda ham sezildi. Qurbonlar haqida hozircha ma'lumot yo'q, deb xabar beradi ria.ru.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech