Myanmadagi zilzila so'nggi 80 yildagi eng kuchlisi bo'ldi. Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 2719 nafarga yetdi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) Bosh vazir Min Aun Xlayngga tayanib. Bu haqda Reuters ma'lum qildi.
Unga ko'ra, kamida 4521 kishi jarohatlangan, 400 kishi bedarak yo'qolgan. Bosh vazir qurbonlar soni 3000 dan oshishi mumkinligini aytdi.
Avvalroq 2056 kishi halok bo'lgani, jarohatlanganlar 3900 nafardan oshgani, 270 kishi bedarak yo'qolgani haqida ma'lum qilingandi, deb xabar beradi rbc.ru.