баннер
9 Apr 2025
07:21

    Myanmada zilzila qurbonlari soni 3 ming nafardan oshdi

    Myanmada zilzila qurbonlari soni 3 ming nafardan oshdi, deya xabar beradi “Sinxua” agentligi.

    “Myanmadagi kataklizm oqibatida 3003 kishi halok bo'ldi, 4515 kishi jarohatlandi, yana 351 kishi bedarak yo'qoldi”, deyiladi xabarda.

    Bangkokda qurbonlar soni 22 nafarga yetdi, yana 34 kishi jarohat oldi.

    Eslatib o'tamiz, 28-mart kuni Myanmada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi, uning epimarkazi Mandalay g'arbida joylashgan. Yer silkinishlarini qo'shni davlatlar, jumladan, Tailand aholisi ham his qilgan, deb xabar beradi vesti.kg.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech