My.gov.uz da respublikamizdagi sihatgohlarda yotib davolanish uchun onlayn navbatga turish xizmati ishga tushdi.

Ushbu imkoniyatdan:

▫️Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
▫️ halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);
▫️ respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
▫️ Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirganlar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
▫️ yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;
▫️ I va II-guruh nogironligi boʻlganlar, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
▫️ oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar;
▫️ yoshga doir pensiya oluvchilar foydalanishlari mumkin.

Buning uchun ariza beruvchi Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish xizmatini tanlab, kerakli sihatgohni belgilaydi va soʻrov yuboriladi.

Ushbu xizmat orqali sihatgohlarda mavjud navbatlarni oldindan koʻrish imkoniyati ham mavjud.

Navbatga turish yoki belgilangan toifaga mos boʻlmagan ariza beruvchilarga rad etilganlik xabarnomasi avtomatik tarzda yetkaziladi.

Shuningdek, ariza beruvchi oʻz navbatini onlayn kuzatib bora oladi.

Mazkur xizmat orqali avval qogʻoz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud.