Myuller milliy jamoadan ketmoqchi

    Bu haqda uning oʻzi aytdi

    Germaniya yarim himoyachisi Tomas Myuller jamoasi Qatardagi jahon chempionatini tark etganidan soʻng milliy termadagi faoliyatini yakunlashi haqida fikr bildirdi.

    U jurnalist Fabritsio Romanoga bergan intervyusida hamisha futboldan zavq olganini, jamoasi gʻalabasi uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilganini taʼkidlagan.

    33 yoshli futbolchi 2010-yilda Argentinaga qarshi oʻrtoqlik bahsida ilk bor milliy jamoa tarkibida maydonga tushgan. U 2010-yili JARda boʻlib oʻtgan jahon chempionati eng yaxshi toʻpurarga, 2014-yilgi mundialda esa jahon chempioniga aylangandi.