“Jabrlanganlarga kelsak, men hozirda 36 jarohatlanganlar haqida xabar bera olaman”, dedi politsiya vakili Kristian Xyuber matbuot anjumanida. Translyatsiya Myunxen politsiyasining X ijtimoiy tarmog'ida olib borilmoqda.
Shu bilan birga, u jabrlanganlar soni ortishi mumkinligiga ishora qildi. Ulardan ikki nafari, jumladan, bir bola o'ta og'ir, 8 nafari og'ir, 10 nafari o'rtacha darajada jarohat olgan.
13-fevral kuni ertalab kasaba uyushmasi tashkil etgan ijtimoiy soha xodimlarining ish tashlashi vaqtida Myunxenda namoyishchilarni yengil avtomashina bosib ketdi va uning haydovchisi qo'lga olindi. Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder bu terakt bo'lishi mumkinligini aytdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, 30 kishi jabrlangan, deb xabar beradi ria.ru.